Rossiya Yaqin Sharqda mojaro qo‘zg‘atishdan manfaatdor – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Yaqin Sharqda mojaro qo‘zg‘atishdan bevosita manfaatdor ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 oktyabr kuni e’lon qilingan murojaatida so‘z ochdi. 

Zelenskiyning aytishicha, u Ukraina razvedka xizmatlari rahbarlari va diplomatlari bilan HAMASning Isroilga hujumi tufayli Yaqin Sharqdagi yangi keskinlashuv bo‘yicha uchrashuv o‘tkazgan.

"Rossiyaning Yaqin Sharqda urushni qo‘zg‘atishdan manfaatdor ekani aniq. Yangi urush og‘riq va azobning yangi manbai bo‘lib, dunyo birdamligini zaiflashtirdi.  Bu esa Rossiyaga Yevropadagi erkinlikni yo‘q qilishga qo‘l kelishi mumkin”, degan Zelenskiy.

Uning da’vo qilishicha, rus targ‘ibotchilari "maqtanmoqda", Moskvaning eronlik do‘stlari esa "terrorchilar"ga ochiqchasiga yordam beryapti.

“Bularning barchasi hozirda dunyo sezayotganidan ham kattaroq xavfdir. O‘tmishdagi jahon urushlari aynan mahalliy tajovuzlar tufayli avj olgan. Biz bu tahdidga qanday qarshi turishni bilamiz. Javob choralarini tayyorlayapmiz, eng muhimi biz dunyo tinchligini himoya qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa AQSH va Yevropa mintaqaviy urushdan jahon urushiga aylanib ketish xavfini tug‘dirayotgan bu mojaroni to‘xtata olishi, lekin ular olovga moy sepayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing