Rossiya vaksinani qachon boshqa davlatlarga yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining keng ko‘lamli eksportiga 2021 yildan start beradi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi. 

"Ob’ektiv aytadigan bo‘lsak, gap eksport haqida borar ekan, bu taxminimizcha, kelgusi yilning bahorida ro‘y beradi", deydi vazir.

11 avgust kuni Rossiya koronavirusga qarshi ilk vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor. Birinchi kunlarning o‘zidayoq Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan.

Vazir Manturov eksport masalalariga to‘xtalarkan, undagi muhim omillarga e’tibor qaratadi. 

“Eksportni yo‘lga qo‘yishda - ishlab chiqarish ko‘lami, muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, ko‘p narsa Rossiya institutlarining chet ellik hamkasblari bilan o‘zaro hamkorligiga bog‘liq, qolaversa, bir sikl sinovlardan o‘tishi kerak”, deya qayd etgan Rossiya Sanoat va savdo vaziri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi  COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina Sputnik V

Baholaganlar

878

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing