Qozog‘istondan Rossiyaga qarshi yana bir qadam: Sputnik V zavodi ishi to‘xtatildi

Olam

image

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqaruvchi Sputnik V zavodi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda mamlakatning Giyohvand moddalar siyosati departamenti direktori Bauirjan Jusipov ma’lum qildi, deya xabar berdi “ORDA”.

Jusipovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakat o‘zining QazVac vaksinasini ishlab chiqarishni ko‘paytirayotgani uchun Rossiya dori-darmonlarining yangi hajmlariga ehtiyoj sezmayapti. 

“Pandemiya boshlanganidan keyin biz Qarag‘andada tayyor moddalardan Sputnik V vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirda bu jarayon to‘xtatildi. Bugun bizda vaksinalar yetarli”, deya ta’kidlagan u.

Jusipovning qo‘shimcha qilishicha, QazVac bilan parallel ravishda Nur-Sulton Amerikaning Pfizer vaksinasining yangi partiyasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqdagi tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Hozirda Qozog‘istonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni ortib bormoqda. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha mamlakatdagi  1 million 305 ming 649 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sputnik V Rossiya va Qozog'iston

Baholaganlar

649

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing