“Sputnik V” vaksinasini Toshkentda ishlab chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya va O‘zbekiston tomonlari "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksinasini Toshkentda ham ishlab chiqarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning navbatdagi 2-yig‘ilishi arafasida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya o‘z vaksinasini O‘zbekistondagi "Jurabek Laboratories" korxonasi ishlab chiqarishi mumkin.

Yig‘ilishda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan koronavirus infeksiyasining tarqalishi, diagnostikasi va davolashning oldini olish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygani eslab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 aprelda Rossiya va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologik markazi o‘rtasida respublikaga "Sputnik V" vaksinasining 500 ming ikki dozasini olib kelish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sputnik V

Baholaganlar

29

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing