JSST o‘zbekistonliklar emlanayotgan vaksina xavfsizligini o‘rganmoqda

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) joriy yilning iyun yoki iyul oylarida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi xavfsizligini o‘rganib, xulosalarini beradi. Bu haqda JSST mutaxassisi Marianjela Simao ma’lum qilgan.

“Bizning jamoamiz so‘nggi ikki hafta ichida Rossiyada bo‘ladi va klinik sinovlarni baholaydi. 10 maydan iyun oyining birinchi haftasigacha biz mahsulotni tekshiramiz”, degan ekspert. 

Uning ta’kidlashicha, JSSTda hali ham vaksina haqida “to‘liq ma’lumot” yo‘q.

“Ammo biz buni “jarayonda ma’lumotlarni taqdim etish” deb ataymiz. Ishlab chiqaruvchi allaqachon boshlangan baholash jarayonidagi ma’lumotlarni qo‘shishi mumkin”, deya ta’kidlagan Simao.

Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi o‘tgan yil 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va koronavirusga qarshi birinch vaksinaga aylangan. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra uning samaradorligi 97,6 foizni, 65 yoshdan oshgan ko‘ngillilar uchun esa 91,8 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, preparat kasallikning og‘ir bosqichidan 100 foiz himoya qiladi. Vaksina 60 dan ortiq mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprelidan O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonida “Sputnik V” vaksinadan ham foydalanish boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST vaktsina Sputnik V

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing