O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi
Jamiyat
−
15 iyul 2021 5245 1 daqiqa
Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent), 1 iyun “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi kuni 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti, 5 iyul kuni esa 40 dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi.
Jami vaksina zaxira 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.
14 iyul holatiga ko‘ra, 5 million 275 ming doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025