Rossiya va Ukraina yana asirlar almashdi (video)

Olam

image

Kecha, 24 avgust kuni Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, almashinuv “146 ga 146” formati asosida amalga oshirilgan. Zelenskiy hamda Ukrainadagi Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha koordinatsion shtab ham bu ma’lumotni tasdiqlagan. 

Rossiya tomonining qo‘shimcha qilishicha, almashinuv doirasida Kursk viloyatining sakkiz nafar fuqarosi qaytarilgan. Ular “Kiyev rejimi tomonidan noqonuniy ushlab turilgan” deb aytilmoqda.

Ukraina tomonining ma’lum qilishicha, ozod qilingan ukrainaliklarning aksariyati oddiy askar va serjantlar bo‘lib, uch yildan ortiq asirlikda bo‘lgan. 

Shuningdek, 2022 va 2023 yillarda hibsga olingan jurnalistlar – Dmitriy Xilyuk va Mark Kaliush hamda Rossiya bilan hamkorlikdan bosh tortgan sobiq Xerson meri Vladimir Mikolayenko ham ozod etilgan. 

Har ikki tomon Birlashgan Arab Amirliklarining vositachilikdagi rolini alohida qayd etgan. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urushi boshlanganidan buyon 5857 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan qaytarilgan, ulardan 555 nafari almashinuvsiz ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni ham Ukraina va Rossiya asirlar almashinuvini o‘tkazgandi. Prezident Zelenskiyga ko‘ra, Ukrainaga 84 kishi harbiylar va tinch aholi vakillari qaytgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ham 84 nafar rossiyalik harbiy asir qaytarilganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing