Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar vositachilarsiz bo‘lishi mumkin – Rossiya TIV

Olam

image

Agar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar qayta tiklansa, vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha departament direktori Aleksey Polishchuk ma’lum qildi.

“Agar aloqalar qayta tiklansa, ular ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz bo‘lishi mumkin. Bu esa eng yaxshi variant bo‘lar edi. Chunki amaliyot shuni ko‘rsatadiki, G‘arb vositachilari ko‘pincha o‘z maqsadlarini ko‘zlaydi va muzokaralar jarayoniga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. Ular mojaroni hal qilish uchun emas, balki o‘zlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlaydi”, deydi u.

Diplomat o‘tgan yili Ukraina tomoni bilan bo‘lgan muzokaralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilgan deya iddao qilgan.

“Hozirgacha biz ukrainaliklar bilan faqat bizga taqdim etilgan platformalardan foydalangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qildik, biz buni juda qadrlaymiz. O‘tgan yilning fevral–aprel oylarida Rossiya-Ukraina muloqotining uchta raundi Belarusda, bittasi Turkiyada bo‘lib o‘tdi. Keyin deyarli kundalik aloqalar video havola orqali amalga oshirildi. Bu ukrainaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar edi”, deydi Polishchuk.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Ukraina qonunlari Rossiya bilan muloqotni taqiqlasa va G‘arb Kiyevga bu masalada moslashuvchan bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, Ukraina bilan tinchlik muzokaralarining istiqboli yo‘qligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

muzokara Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing