Abu-Dabida uç tomonlama muzokaralarning birinçi kuni yakunlandi

Olam

−

image

Bugun, 10 noyabr kuni Abu-Dabida Rossiya, AQŞ va Ukrainaning uç tomonlama muzokaralarining birinçi kuni yakunlandi. Muzokaralar 4,5 soat davom etdi. Bu haqda “Izvestiya” manbasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, muzokaralar Birlaşgan Arab Amirliklari Taşqi işlar vaziri şayx Abdulla bin Zoid Al Nahayoyanning kiriş sözidan söng boşlangan. Yana bir raund ertaga, 11 noyabr kuni bölib ötişi kutilmoqda. Muloqotlarning asosiy mavzusi Ukrainadagi nizo hal qilinganidan keyingi xavfsizligi tizimini şakllantiriş böladi.

“Anadolu” agentligi xabariga köra, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio muzokaralarning birinçi kunini “juda mahsuldor” deb baholagan.

TASS ma’lumotlariga köra, muzokaralar taxminan 40 daqiqalik tanafsus bilan 4,5 soat davom etgan. Şu bilan birga, naşr manbalari Rossiya va Ukraina tomonlari muzokaralarni rus tilida olib borganini xabar qilgan.

Şuningdek, manbalar ma’lumotiga köra, asosiy mavzulardan biri global energetik xavfsizlik bölgan.

“Uşbu mavzu uçraşuvlarda öziga xos “qizil çiziq” bölib ötmoqda, bu Prezident Tramp uçun muhim bölib çiqdi”, deydi TASS suhbatdoşi.

Keyingi raund ertaga, 11 noyabr kuniga belgilangan.

Eslatib ötamiz, Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qilmoqda. TASS aniqlik kiritişiça, uning tarkibiga delegatsiyaning beş nafar a’zosi va olti nafar ekspert kirgan – delegatsiya a’zolari orasida Rossiya FXX Operativ axborot va xalqaro aloqalar xizmati boşliği Aleksey Komkov, Taşqi işlar vaziri örinbosarlari Mixail Galuzin va Sergey Ryabkov, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukov bor.

Muzokaralarda Ukraina tomonidan Taşqi qidiruv xizmati rahbari Rustam Umarov vakillik qilmoqda. RBK-Ukraina ma’lumotlariga köra, u bilan birga Abu-Dabiga Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov, Oliy Radadagi “Sluga naroda” fraksiyasi rahbari David Araxamiya, Prezident ofisi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa va Mudofaa vazirligi Boş qidiruv boşqarmasi boşliği örinbosari Vadim Skibitskiy jönab ketgan. 

Amerika delegatsiyasiga AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner boşçilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing