Abu-Dabida Ukraina böyiça muzokaralar boşlandi. Nimalar ma’lum?

Olam

−

image

Bugun, 10 noyabr kuni Abu-Dabida Rossiya, AQŞ va Ukraina muzokaralari boşlandi. Muzokaralar ikki kun – 10 va 11 noyabr kunlari davom etadi. Delegatsiyalar muhokama qilişni nazarda tutgan ustuvor masalalar ham ma’lum. 

Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qilmoqda. TASS aniqlik kiritişiça, uning tarkibiga delegatsiyaning beş nafar a’zosi va olti nafar ekspert kirgan – delegatsiya a’zolari orasida Rossiya FXX Operativ axborot va xalqaro aloqalar xizmati boşliği Aleksey Komkov, Taşqi işlar vaziri örinbosarlari Mixail Galuzin va Sergey Ryabkov, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi boşliği Igor Kostyukov bor.

Muzokaralarda Ukraina tomonidan Taşqi qidiruv xizmati rahbari Rustam Umarov vakillik qilmoqda. RBK-Ukraina ma’lumotlariga köra, u bilan birga Abu-Dabiga Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov, Oliy Radadagi “Sluga naroda” fraksiyasi rahbari David Araxamiya, Prezident ofisi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa va Mudofaa vazirligi Boş qidiruv boşqarmasi boşliği örinbosari Vadim Skibitskiy jönab ketgan.

Umarov, şuningdek, Ukraina delegatsiyasi ustuvor deb hisoblaydigan masalalarni oçiqladi. Gap harbiy harakatlarni töxtatiş, uruş tugaganidan keyingi xavfsizlik kafolatlari va mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklaş haqida bormoqda. Gumanitar masalalar muzokaralarning alohida yönalişiga aylanadi.

“Uşbu masalalarda maksimal darajada ilgarilaş va tinçlikni yaqinlaştiriş uçun işlayapmiz”, deydi Umarov.

Amerika delegatsiyasiga AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner boşçilik qilmoqda.

Rossiya, AQŞ va Ukrainaning Abu-Dabidagi muzokaralarining birinçi kuni Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlari va Yevropadagi xavfsizlik arxitekturasini qayta körib çiqiş ehtimoliga bağişlanadi. Ikkinçi kuni tomonlar hududiy masalalarni, şu jumladan çegaralar va çegaralaniş çiziqlarini, şuningdek, bir qator boşqa mavzularni muhokama qilişni rejalaştirmoqda. 

Manbalarning sözlariga köra, muzokaralarning ikki asosiy yönalişi – hududiy masala hamda Ukraina va Yevropa uçun kelajakdagi xavfsizlik mexanizmlari – bir-biri bilan boğliq va bir vaqtning özida körib çiqilişi kerak.

Amerikalik maxsus vakillar Stiv Uitkoff va Jared Kuşner keyingi muzokaralar raundlarida Yevropa mamlakatlarining iştirok etişiga erişmoqçi. “Politico” manbalarining sözlariga köra, muzokaraçilar uşbu uçraşuv Yevropaning tölaqonli iştirokisiz ötadigan oxirgi uçraşuv bölişini xohlaydi. 

“Yevropaning muzokaralar stoli atrofida bölişi bizga kerak”, deydi suhbatdoşlardan biri.

Şu bilan birga, asosiy uç tomonlama konsultatsiyalarda Yevropa vakillari iştirok etmaydi. Abu-Dabiga yetib borgan Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning xavfsizlik böyiça maslahatçilari, şuningdek, Italiya, NATO va YeI institutlari vakillari Uitkoff va Kuşner bilan alohida muhokamalar ötkazişi kutilmoqda.

Ukraina va Rossiya uçun xavfsizlik kafolatlari ehtimoliy tinçlik yöli bilan hal qiliş muhokamasining markaziy mavzularidan biriga aylangan. Noyabr oyi boşida Uitkoff 10-11 noyabr kunlari Abu-Dabida bölib ötadigan uç tomonlama muzokaralarda tomonlar xavfsizlik sohasidagi “uruşdan keyingi kelişuvlar”, deeskalatsiya va “tinçlik sari keyingi qadamlar”ni ham muhokama qilişini ma’lum qilgan.

Xavfsizlik kafolatlari masalasi muzokaralarning oldingi bosqiçlarida ham kötarilgan. Fevralda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ularni tinçlikka erişiş uçun “yagona real asos” deb atagan. Moskva esa, öz navbatida, kelişuv uning xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini hisobga olişi kerakligini ta’kidlagan. Rossiya TIV rahbari örinbosari Aleksandr Gruşko şartlar qatorida Ukrainaning NATOga kirişdan va öz hududida xorijiy qöşinlarni joylaştirişdan voz keçişini tilga olgan. Şu bilan birga, u Rossiya Yevropa mamlakatlari bilan özaro xavfsizlik kafolatlarini yuridik jihatdan mustahkamlaşga tayyorligini bildirgan.

Moskva va Kiyev örtasidagi töğridan töğri muloqot uç yildan ortiq tanafsusdan söng 2025 yilning bahorida qayta tiklangandi. Tomonlar Istanbulda uçta muzokaralar raundini ötkazdi – 16 may, 2 iyun va 23 iyul kunlari. Ularning yakunlari böyiça asirlarni almaşiş va halok bölganlarning jasadlarini qaytariş böyiça kelişuvlarga erişişga muvaffaq bölindi.

2026 yil boşida muzokaralar Vaşington vositaçiligida faollaşdi. Birinçi uç tomonlama raund Abu-Dabida 23-24 yanvar kunlari, ikkinçisi öşa yerda 4-5 fevral kunlari bölib ötdi. Delegatsiyalar uçinçi uçraşuvni Jenevada 17-18 fevral kunlari ötkazdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing