Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi transport aloqasi saqlanadi
Olam
−
19 dekabr 2020
2543Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi transport aloqasi to‘liqligicha saqlanib qoladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli piyodalarning chegaradan o‘tishi taqiqlanadi. Bu haqda Ozarbayjonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib xabar berilgan.
"Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi transport aloqalari to‘liq va odatdagi tartibda davom etmoqda. Mavjud epidemiologik vaziyat tufayli piyodalarning chegarani kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatildi", degan Ozarbayjon elchixonasi vakili.
Avvalroq, Rossiya va Ozarbayjonning quruqlikdagi chegarasi 2021 yilning mart oyigacha yopilishi haqida xabar berilgandi.