Rossiya va AQSH Ukrainani muhokama qilmayapti – Peskov

Olam

image

Bugun, 10 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va AQSH Davlat departamenti o‘rtasidagi maslahatlashuvlar faqat ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlarda Rossiya-Ukraina mojarosi muhokama qilinmayapti. 

“Tashqi ishlar vazirligi va Davlat departamenti o‘rtasidagi muzokaralar faqat ikki tomonlama munosabatlarni tartibga solish va normallashtirish masalalari bo‘yicha olib borilmoqda. Ukraina tartibga solish mavzusi bu muzokaralarda muhokama qilinmaydi”, degan Peskov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hamma Rossiya-Ukraina mojarosini tezroq hal qilishdan manfaatdor, biroq “tomonlarning manfaatlarini ham rioya qilish zarur”. 

“Biz uchun bu birinchi navbatda o‘z manfaatlarimizga rioya qilish, Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga rioya qilish”, deya qo‘shimcha qilgan Kreml vakili. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Rossiyadan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyevdan iborat Rossiya delegatsiyasi AQSH vakillari bilan muzokara o‘tkazgandi. Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts va Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etdi. Dmitriyev Saudiya Arabistonida ikki tomonlama muzokaralar boshlanishidan oldin Amerika neft kompaniyalari Rossiyaga qaytishi mumkinligi, Kreml ham AQSH bilan Arktikadagi qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini aytgandi. Keyinchalik Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kirill Dmitriyevni xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi.

27 fevral kuni Istanbuldagi AQSH Bosh konsulligida Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasida 6 soatdan ortiq vaqt davomida yopiq formatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Amerika delegatsiyasiga AQSH Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Sonata Koulter, Rossiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Atlantika departamenti direktori Aleksandr Darchiyev boshchilik qildi. Ikki davlat vakillari o‘z elchixonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Keyinchalik 6 mart  kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina va Yevropa davlatlarini hayratda qoldirgan yaqinlashuvga rahbarlik qilish uchun G‘arbni ommaviy qoralashi bilan tanilgan faxriy diplomat Aleksandr Darchiyevni AQSHga elchi etib tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Istanbul Rossiya Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing