Rossiya o‘ziga yangi do‘st topdimi? Lavrov kim bilan harbiy hamkorlikni muhokama qilganini aytdi
Olam
−
22 mart 2023
17264Bugun, 22 mart kuni, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Sochida Eritreyadan kelgan hamkasbi Usmon Solihni qabul qilgan. Lavrov Eritreya Tashqi Ishlar vaziri bilan mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni muhokama qilgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
“Biz harbiy-texnik sohada, umuman, xavfsizlik sohasida hamkorlik haqida gaplashdik”, deydi Lavrov.
Ushbu uchrashuvdan qanday maqsad ko‘zlangani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Eritreya shimoli-sharqiy Afrikadagi davlat bo‘lib, BMT va Afrika Ittifoqining a’zosi hisoblanadi. Davlat Qizil dengizga tutashgan. Maydoni 117,6 ming km kvadratga yaqin. Aholisi 6 milliondan ziyod. Poytaxti Asmera shahri.
Eritreya armiyasi dori eng yirik armiyalardan biridir. Majburiy harbiy xizmat 1995 yilda joriy etilgan. Rasmiy ravishda, erkak va ayol chaqiriluvchilar kamida 18 oy xizmat qilishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari 20 mart kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga kelgan edi. Tashrifning birinchi kunida Putin va Si Szinpin yakkama-yakka, 21 mart kuni esa Kremlda tor doirada muzokaralar o‘tkazgan.
Prezident Putin va Si Szinpinning rasmiy uchrashuvi 21 mart kuni Kreml saroyining Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tgan. Szinpin bugun, 22 mart kuni Rossiyaga tashrifini yakunlab, Xitoyga qaytib ketdi.
LiveBarchasi