“Rossiya-O‘zbekiston” agroekspress loyihasiga yana bir davlat qo‘shilishi mumkin

Olam

image

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro ta’minotini oshirishga yordam beradigan “Rossiya-O‘zbekiston” agroekspress loyihasiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda “Rossiya eksport markazi” o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Rossiya-O‘zbekiston” agroekspress loyihasiga Qozog‘iston qo‘shilishi mumkinligi haqidagi masala kecha, 29 iyul kuni “Rossiya eksport markazi” AJ Bosh direktori Veronika Nikishina va Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya ishlari bo‘yicha vitse-vaziri Qayrat Torebayev tomonidan muhokama qilingan. 

Nikishinaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston “Rossiya – O‘zbekiston” agrologistik loyihasining rasmiy a’zosi bo‘lmasa ham, uning ushbu loyihaga aloqasi bor. Chunki tovarlar Qozog‘iston hududidan o‘tadi. Poyezdlar uzoq vaqt kechikishlarsiz ishlashi uchun tartibga soluvchi organlarning ishini sinxronlashtiri tez sifati buziladigan mahsulotlarni yetkazib berish uchun juda muhim.

U shu yo‘l bilan Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston biznesi raqobatga erishishini ta’kidlamoqda. Ushbu davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi miqdori esa qisqa muddat ichida sezilarli darajada oshadi, davlat iqtisodiyoti va bozorlardagi faoliyat barqarorlashadi. 

Shuningdek, Torebayev Rossiyadan O‘zbekistongacha bo‘lgan qulay tranzit tariflarini shakllantirish masalalarini hal etish, shuningdek muvofiqlashtirish va sinxronlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq, O‘zbekiston un va go‘sht narxlarini Rossiya bilan maxsus poyezdlarni ishga tushirish orqali barqarorlashtirishi haqida xabar bergandik. Rossiya va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasida logistika koridorini rivojlantirish hamda agrosanoat import va eksport yuklarini “Agroyekspress” tezyurar refrijeratorli (muzlatgichli) konteynerli poyezdlarida tashish borasida kelishuv imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing