Rossiya Ukrainaning energetika tizimiga yana kuchli zarba berdi

Olam

image

29 martga o‘tar kechasi va tongda rossiyalik harbiylar raketa va dronlar orqali Ukraina energetika ob’ektlariga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal xabar berdi.

Bosh vazirning aytishicha, hujum oqibatida Ukrainaning olti viloyati –  Dnipropetrovsk, Vinnitsa, Ivano-Frankovsk, Lvov, Cherkass va Chernovsi viloyatlarida energetika infratuzilmasiga zarar yetgan. 

Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, Ukraina bo‘ylab 99 ta raketa va turlicha dronlar uchirilgan; ukrain havo hujumidan mudofaa kuchlari 58 ta dron va 26 ta raketani urib tushirgan. Havo kuchlari e’lon qilgan hisobotda aytilishicha, RF armiyasi hujumda quyidagilardan foydalangan:

- Shahed-136/131 tipidagi 60 ta zarbdor dron (58 tasi urib tushirilgan);
- X-47M2 "Kinjal" rusumli 3 ta aeroballistik raketalar (birortasi urib tushirilmagan);
- "Iskander-M" rusumli 2 ta aeroballistik raketalar (birortasi urib tushirilmagan);
- X-59 rusumli 9 ta boshqariluvchi aviatsiya raketasi (5 tasi urib tushirilgan);
- "Iskander-K" rusumli 4 ta qanotli raketa (barchasi urib tushirilgan);
- X-101/X-555 rusumli 21 ta qanotli raketa (17 tasi urib tushirilgan).

"Ukrenergo" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 29 martga o‘tar kechasi hujumlari tufayli Ukrainaning markaziy va g‘arbiy qismlaridagi issiqlik va gidroelektr stansiyalari shikastlangan. Dnepr viloyatida favqulodda elektr ta’minotida uzilishlar vujudga kelgan. 

Ukraina energetika tizimiga eng kuchli hujum 22 mart kuni sodir bo‘lgandi. Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yil 18 oktyabr kuni mamlakatdagi elektr stansiyalarining 30 foizi vayron bo‘lganini aytgandi.

Ma’lumot uchun,  biroz oldin Zelenskiy Rossiyaning sharqiy frontdagi hujumi to‘xtatilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ukrainaga havodan 46 dron uchirgandi.  Havo hujumidan mudofaa Nikolayev, Odessa, Xerson, Dnepropetrovsk, Vinnitsa, Zaporoje, Xmelnitskiy va Kirovograd viloyatlarida amalga oshirilgani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Uraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing