Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Toshkent Kiyevga barcha parvozlarni bekor qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 fevral kuni Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ Kiyevga parvozlarni bekor qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan HY - 3731/3732 Toshkent – Kiyev – Toshkent muntazam qatnovlari joriy yilning 27 fevral va 2 mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi. 

“Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar. 

“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rostov (Rossiya) viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytayotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Kiyev Xarkov shaharlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.

Harbiy harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina havo hududi butunlay, Rossiya havo hududi esa qisman (faqat Rostov viloyatida) yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made