Rossiya uch davlat siyosatchilariga mamlakatga kirishni taqiqladi

Olam

image

Rossiya Islandiya, Norvegiya, Grenlandiya va Farer orollarining bir qator parlament a’zolari, hukumat a’zolari, biznes, akademik va ommaviy axborot vositalari vakillarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etiligan.

Bayonotda keltirilishicha, Islandiya, Norvegiya, shuningdek, Daniyaning Grenlandiya va Farer orollari avtonomiyalarining Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilishi hamda mamlakat rasmiylariga nisbatan shaxsiy cheklovlar kiritgani uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. 

“Islandiyaning to‘qqiz nafar, Norvegiyaning 16 nafar, Grenlandiyaning uch nafar va Farer orollarining uch nafar vakiliga qarshi qarshi choralar ko‘rildi. Bu shaxslarga mamlakatimiz hududiga kirishi taqiqlangan”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, bir qator parlament a’zolari, hukumat a’zolari, ishbilarmon, ilmiy doiralar vakillari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Rossiyaga qarshi ritorikani faol targ‘ib qilayotgan hamda Rossiya Federatsiyasiga qarshi siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan ayrim jamoat arboblari Rossiyaning “Qora ro‘yxati”ga kiritilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing