Rossiya Navalniyning zaharlanishi bo‘yicha javobgar – BMT

Olam

image

BMTning inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislari Rossiya hukumatini muxolifat rahbari Aleksey Navalniyga suiqasd qilishga urinishda ayblamoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
 
Qayd etilishicha, hujjatni sudsiz, qisqacha yoki o‘zboshimchalik bilan qatl etish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Anes Kallamar hamda fikr va so‘z erkinligini targ‘ib va himoya qilish bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Iren Xan tayyorlagan. 

Ularning fikriga ko‘ra, muxolifatni o‘ldirishga urinish hukumat tanqidchilariga mamlakat ichida va chet eldagi hujumlardan biri bo‘lib, uning maqsadi Rossiya hukumatini tanqid qilgan va unga qarshi bo‘lgan har qanday kishiga “dahshatli ogohlantirish” yuborish edi.

“Biz Navalniyni zaharlashga urinish uchun Rossiya javobgar degan xulosaga keldik. Rossiya ma’muriyatining yetarli bo‘lmagan javobi, taqiqlangan kimyoviy qurollardan foydalanish va aniq bir qator maqsadli suiqasdlarni hisobga olgan holda faktlarni aniqlash va Navalniy zaharlanishining barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun shoshilinch xalqaro tekshiruv o‘tkazish zarur deb hisoblaymiz”, deyiladi BMT ekspertlari bayonotida.

Shuningdek, BMT mutaxassislari o‘tgan yilning dekabrida Rossiya hukumatiga yuborilgan xatni e’lon qilishdi. Xatda tergov jarayonlari tasvirlangan va zaharlanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot so‘ralgan. Maxsus ma’ruzachilar ularga javob olmaganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniy 2020 yilning avgust oyida Tomsk shahridan samolyotda uchishda xushidan ketib, koma holatiga tushdi. Shundan so‘ng, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ruxsati bilan Germaniyaga maxsus samolyotda olib ketildi

Ma’lum qilinishicha, Navalniy "Novichok" kimyoviy-quroli bilan zaharlangan. Yarim yildan ortiq vaqt davomida Berlindagi “Sharite” klinikasida davolanib, joriy yilning yanvar oyida Vatani – Rossiyaga qaytdi va hibsga olindi

Shundan so‘ng uning ustidan ikki marotaba sud jarayoni o‘tkazildi. Natijada u 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Novichok Naval'niy

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing