Aleksey Navalniyga sud hukmi o‘qildi
Olam
−
02 fevral 2021
19666Avvalroq, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy ustidan shartli qamoq jazosini haqiqiy 3,5 yilga almashtirish bo‘yicha Moskva shahrida sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 2 fevral kuni Moskva shahar sudi Federal jazoni ijro etish xizmatining iltimosiga binoan, Aleksey Navalniyni “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 3,5 yillik shartli jazoni haqiqiy jazo bilan almashtirdi. Bu haqda TASS muxbiri sud zalidan xabar bermoqda.
“Sud Federal jazoni ijro etish xizmatining A.A. Navalniyga nisbatan shartli qamoq jazosini almashtirish to‘g‘risida iltimosnomasini qondirdi. Hukm kuchga kirgunga qadar unga nisbatan hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini belgilandi”, deydi qarorni o‘qib eshittirgan sudya Natalya Repnikova.
Ma’lum bo‘lishicha, Aleksey Navalniy sud qaroriga ko‘ra, 3,5 yillik muddatning 2,5 yilini koloniyada o‘tkazadi.
LiveBarchasi