Rossiya Mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Kecha, 21 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Belausov Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov, shuningdek, mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

"Andrey Belousov Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev, noyabrda esa Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov O‘zbekistonga kelgandi. Ularning ikkalasi ham Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya O'zbekiston Andrey Belousov Shuhrat Xolmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing