Rossiya Markaziy Osiyoga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirdi

Olam

image

Rossiya Afg‘onistondagi urushlar fonida Markaziy Osiyoga qurol-yarog‘ yetkazib berishni kuchaytirmoqda. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar bermoqda

Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriya Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-texnik yordam doirasida qurol-yarog‘ va harbiy asbob-uskunalarni qo‘shimcha yetkazib berish tashkil etilgan. Shuningdek, terroristik tahdidlardan holi bo‘lish uchun O‘zbekiston va Tojikiston hududida bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Kecha, 5 avgust kuni Afg‘oniston bilan chegaradan 20 kilometr uzoqlikdagi "Xarb maydon" poligonida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar boshlangan. Ushbu mashg‘ulotlar 10 avgustga qadar davom etadi.

                                                       Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan. 

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya quro-yarog'

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing