Rossiya kuchlari Zaporojedagi uy-joylarga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 9 avgust kuni kechqurun Rossiya qo‘shinlari Zaporoje shahridagi turar-joy binolari joylashgan hududga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

“Hozirgi vaqtda uch kishi halok bo‘lgani ma’lum. Ularning oilasiga hamdardlik bildiraman”, deb yozgan Zelenskiy.

Zaporoje shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtev esa raketa hujumidan yetti kishi jabrlanganini bildirgan.

Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Malashkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum Muqaddas havoriylar Pyotr va Pavel cherkovi, shuningdek, shaharning Shevchenko tumanidagi savdo shoxobchalariga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Ukraina poytaxti Kiyev, shuningdek, Zaporoje, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlariga raketa va hujumchi dronlar bilan zarba berilgandi. 2 avgustga o‘tar kechasi Kiyevning uchta tumanida portlashlar sodir bo‘lgandi. 8 avgustda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyati Pokrovsk shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosiga raketa bilan zarba berdi va 7 kishi halok bo‘ldi. O‘z navbatida, Rossiya poytaxti Moskvaga 242830 iyul va 169, 10 avgust kunlari dron hujumi uyushtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy raketa hujumi Zaporoj'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing