Rossiya qo‘shinlari evaziga Shimoliy Koreyaga raketa yetkazib berdi – Seul
Olam
−
22 noyabr
4702Moskva Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shinlarini yuborish evaziga Shimoliy Koreyaga havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini yetkazib berdi. Bu haqda Janubiy Koreya milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Shin Von-Sik SBS telekanali efirida ma’lum qildi.
“Shimoliy Koreya zaif havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash uchun uskunalar va zenit-raketalar oldi”, dedi rasmiy.
Shuningdek, u Shimoliy Koreya o‘zining sun’iy yo‘ldosh dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasidan harbiy texnologiyalar olishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniyaning Open Source Center tadqiqot markazi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, Rossiya 2024 yil martidan beri Shimoliy Koreyaga 1 million barrel, ya’ni 56 ming tonnadan ortiq neft jo‘natganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi