Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir importiga taqiq qo‘ydi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampir mahsulotlarida virus aniqlanganidan so‘ng “Rosselxoznadzor” ushbu viloyatda yetishtirilgan ikki turdagi mahsulotning Rossiya hududiga olib kirilishiga taqiq o‘rnatdi. Tartib joriy yilning 11 dekabridan kuchga kiradi

Hujjatda ko‘rsatilishicha, O‘zbekistondan import qilingan pomidorlar karantinli fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilganga, ularda jigarrang ajin virusi aniqlangan. 

“Fitosanitar barqarorlikni saqlash va aniqlangan ob’ektning Rossiya hududida tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yil 11 dekabrdan boshlab, Rossiyaga O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan pomidor va qalampir import qilishga taqiq qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.

“Rosselxoznadzor” O‘zbekistonning yana ikki viloyatidan – Farg‘ona (26 noyabr) va Navoiy viloyati (4 dekabr)dan keltirilgan pomidorlarda jigarrang ajinlar virusi topilgani munosabati bilan ushbu ikki turdagi mahsulot importiga taqiq qo‘yilganini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 26 noyabr kuni Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirni mamlakat hududiga kiritishni taqiqlagandi.

Shuningdek, “Rosselxoznadzor” O‘zbekistondan kelgan quritilgan o‘rik partiyasida xapra qo‘ng‘izi aniqlangani sababli, Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pomidor Qashqadaryo Qalampir Taqiq

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing