Rossiya IIV Tixanovskaya nega qidirilayotganiga izoh berdi

Olam

image

Avvalroq, Belarus prezidentligga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Rossiya Federatsiyasi hududida qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tixanovskaya nega qidiruvga berilganiga izoh berdi. Vazirlikning ta’kidlashicha, u Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida qidiruvdagilar qatoriga qo‘shilgan. RF hududida unga nisbatan jinoyat ishi ochilmagan.

“Rossiya Ichki ishlar vazirligining asosiy axborot-tahliliy markazi 1992 yil 3 avgustda Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida axborot almashinuvi sohasida o'zaro munosabatlar to‘g‘risidagi bitim va 2009 yil 22 mayda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ma’lumot almashish to‘g‘risidagi bitim asosida ish yuritadigan MDHdagi mahbuslarning davlatlararo axborot bankini tuzadi va yuritadi”, deyilgan vazirlik bayonotida.

Idorada aniqlik kiritilishicha, bank 2015 yilda MDH Hukumat rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlangan davlatlararo qidiruv bo‘yicha vakolatli organlarning qoidalariga muvofiq tuzilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 avgust kuni Belarusda o‘tkazilgan Prezidentlik saylovida rasmiy e’lon qilingan natijaga ko‘ra, mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. U 80,1 foiz ovoz oldi, eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya esa 10,2 foiz ovoz to‘pladi.


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing