Lukashenko Tixanovskiyning o‘limi haqidagi mish-mishlarni yolg‘on deb atadi

Olam

image

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya erining qamoqda o‘lgani haqida anonim xabar olganini bildirgandi. Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Tixanovskiyning o‘limi haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. Bu haqda u xorijiy va davlat ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Bu ma’lumot qayerdan kelganini bilaman. U Tixanovskayadan emas”, deydi u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot boshqa mavzuni to‘xtatish uchun ataylab “o‘ylab topilgan uydirma” bo‘lgan.

“Mavzuni burish uchun ular baland ovozda bayonot berdi. Lekin men buning sababini bilaman", deydi Lukashenko. 

Shuningdek, u agar bu rost bo‘lsa, Tixanovskiyning jasadini ko‘rsatishni taklif qilgan.

Aleksandr Lukashenko avvalroq prezidentlikka da’vogarlik qilgan “Belgazprombank”ning sobiq raisi Viktor Babarikoning o‘limi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga ham izoh bergan.

"Men vazirdan Viktor Babarikoning ahvoli haqida so‘rayman. "Hammasi yaxshi, koloniyada. Yo nimadir tikyapti yoki qozonxonada cho‘kib ketyapti” deb aytadi”, deydi Lukashenko.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko qamoq Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing