Rossiya gazini rublda sotish qachon bekor qilinishi aytildi

Olam

image

Rossiyaga “do‘st bo‘lmagan davlatlar” bilan gazni rublda sotish qarori bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar berdi RBK.

“Albatta, agar boshqa shartlar yuzaga kelsa. Bu yerda, bu holda, temir-betonli (ya’ni o‘zgarmas) hech narsa yo‘q, lekin hozirgi sharoitda rubl biz uchun eng maqbul va ishonchli variantdir”, degan Peskov rublda to‘lash qarorini bekor qilish mumkinmi degan savolga javob berib.

Peskovning tushuntirishicha, Rossiya allaqachon yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovni rublda talab qilmaydi. Shuningdek, u 1 apreldan boshlab Rossiya tomoni yangi shartlar bo‘yicha to‘lov qilish tasdiqlanmagani uchun gaz o‘chirib qo‘yilishini ham istisno qilgan.

“Hozir yetkazib berilayotgan gaz uchun to‘lov bugun amalga oshirilmaydi, axir. U (to‘lov) taxminan oyning oxirida, aprelning ikkinchi yarmida yoki hatto may oyining boshida amalga oshirilishi kerak”, deb tushuntirgan Peskov.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat va Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankiga Rossiya gazining Yevropa davlatlariga yetkazib berilishi uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga G‘arb davlatlarining Ukrainadagi urush ortidan Moskvaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols ham Germaniya gazni rublda sotib olmasligini e’lon qildi. Uning ortidan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham rus gazini rubldan sotib olmasligini aytdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va “Gazprom” kompaniyasiga 31 martgacha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va cheklov choralarini joriy qilgan boshqa mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lov valyutasini o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni topshirgan edi.

Shu o‘rinda aytish joizki, Rossiya gazining xaridorlari hisob-kitoblarni rublga o‘tkazish bo‘yicha turlicha pozitsiyani egalladi. Germaniya kansleri Olaf Sholsning ta’kidlashicha, shartnomalarda xorijiy valyutalar “asosan yevro va dollar” ko‘rsatilgan. Germaniya Iqtisodiyot vazirligi vakili Robert Severin import qiluvchilar shartnomalar bajarilishini kafolatlashlari shartligini ta’kidladi. Italiya bosh vaziri Mario Dragi hisob-kitoblarni rublga o‘tkazishni shartnomalarning buzilishi deb atadi.

Joriy yilning 31 mart kuni Putin "do‘st bo‘lmagan" davlatlarga gazni rublda sotish tartibini tasdiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing