Rossiya g‘arbga achchiq qilib, o‘lim jazosini qaytarmoqchi

Olam

image

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi, jumladan Kremlning Yevropa Kengashi a’zoligidan chetlatilishi mamlakatda eng xavfli jinoyatchilar uchun o‘lim jazosini qaytarishga yaxshi imkoniyat. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari – sobiq Prezident Dmitriy Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Bizni hamma joydan haydab yuborishdi, jazolashdi, qo‘rqitishdi, lekin biz qo‘rqmaymiz. Yevropa Kengashi Vazirlar Qo‘mitasi (YeKVQ) va Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (YeKPA) Rossiyaning a’zoligini to‘xtatib qo‘ydi. Adolatsizlik! Aslida bu eshikni yopish, ushbu ma’nosiz sadaqalarni abadiy unutish uchun yaxshi sababdir. Qolaversa, bu mamlakatimizda eng xavfli jinoyatchilar uchun o‘lim jazosini qaytarishga yaxshi imkoniyat. Aytgancha, aynan AQSH va Xitoyda eng xavfli jinoyatchilarga o‘lim jazosini qo‘llashadi”, deydi Medvedev. 

Shuningdek, u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni “ajoyib taqiqlar”, deb atagan hamda ular hech narsani o‘zgartirmasligini aytgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bularning barchasi Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qilgan davlatlar bilan barcha munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va qurol-yarog‘ xavfizligi bo‘yicha muloqotni to‘xtatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin. 

Medvedevning yozishicha, Rossiyaga diplomatik munosabatlar unchalik kerak emas. Ombor qulflari bilan elchixonalarni yopish vaqti kelgan.

“Ular Rossiya fuqarolari hamda kompaniyalarining xorijdagi pullarini tortib olish bilan tahdid qilmoqdalar. Atay qilgandek. Ammo bularga nosimmetrik tarzda javob berish kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlagan Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Yevropa Kengashi Rossiyaning undagi vakillik huquqini to‘xtatib qo‘ygandi. Bunga rasmiy Moskva tashkilot ustavining 3-moddasini jiddiy buzganligi sabab bo‘lgan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing