Rossiya elchisi Polshaga qulagan raketalar sabab TIVga chaqirildi

Olam

image

Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andreyev Polsha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Polsha TIV xabar berdi. 

Polsha tomonining ma’lum qilishicha, Ukraina hududini ko‘p soatlik ommaviy o‘qqa tutish paytida soat 15:40 da Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa Lyublin vodiysining Xrubeshovskiy tumani, Pshevoduv qishlog‘i hududiga qulagan, oqibatda Polsha Respublikasining ikki fuqarosi halok bo‘lgan. 

“Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Rossiya Federatsiyasi elchisini zudlik bilan batafsil tushuntirishlar berish talabi bilan chaqirdi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing