Ronaldu Saudiya milliy bayramida ishtirok etdi (video)

Sport

image

Kecha, 23 sentyabr kuni portugaliyalik futbol afsonasi va “Al-Nasr” jamoasining yetakchi yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Podshohligining 95 yilligiga bag‘ishlangan bayramda ishtirok etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistonidagi barchaga Suadiya Milliy kuni muborak bo‘lsin. Sizga va yaqinlaringizga g‘urur va bayramga to‘la kunlar tilayman”, deydi Ronaldu.

Uning ijtimoiy tarmoqlarda joylagan suratlari kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ronaldu Saudiya Arabistonining uzun milliy libosi va bu yilgi bayram shiori – “Bizning shon-shuhratimiz tabiatimizda” yozuvi tushirilgan yashil-qora katak sharfda ko‘rinish berdi. Shuningdek, u mamlakat kuchi va merosining ramzi hisoblangan an’anaviy qilichni ham qo‘lida ushlab turgan suratlarini joyladi.

Qayd etish joiz, Ronaldu 2023 yilda ham Saudiyaning Milliy kunida ishtirok etgan edi. Saudiya Arabistoni vakillari esa bu ishorani samimiy qadrlab, uni “haqiqiy madaniyat elchisi” deb atagandi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvar oyidan beri “Al-Nasr” jamoasi tarkibida 116 ta o‘yinda maydonga tushib, 103 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu 2016 yildan beri birga yashab kelayotgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ronaldu milliy bayram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing