Rim papasi Rossiya va AQSH o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilishini “dalda beruvchi signal” dedi

Olam

image

Rim papasi Fransisk Rossiya va AQSH o‘rtasidagi strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash choralari to‘g‘risidagi shartnomaning uzaytirilishini "dalda beruvchi signal" deb atadi. Bu haqda u kecha, 8 fevral kuni Vatikandagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan uchrashuvda gapirgan. 

Pontifik uchrashuvda Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi muhimligini ham ta’kidlagan. 

Shuningdek, u qurolsizlanish harakatlari ham kimyoviy, ham oddiy qurolga nisbatan amalga oshirilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma muddatini 5 yilga uzaytirdi. 

Rossiya va AQSH o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnoma ilk bor 2011 yilning 5 fevralidan kuchga kirgan. Bu ikkala tomonning strategik hujum qurollarini qisqartirishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing