RF diplomati: O‘zbekistonning kuzatuvchi maqomi YeOII a’zoligiga birinchi qadam
Olam
−
11 fevral 2020
7668Kecha,10 fevral kuni “Rossiya segodnya” agentligiga intervyu bergan Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin O‘zbekistonning Yevroosië iqtisodiy ittifoqiga kirish istiqboliga oid savolga ham javob berdi.
PankinO‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi masalasidagi muzokaralar boshlangani va davom etayotganini ta’kidladi.
Aleksandr Pankin O‘zbekistonning kuzatuvchi maqomida YeOIIga kirishi to‘laqonli a’zolik yo‘lida qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lishini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzokaralarda YeOIIga kirishning bahs talab qilmaydigan afzalliklari – yagona tovarlar, ish kuchi¸ xizmat va kapital bozoriga chiqish imkoni yuzasidan ijobiy qarashdaligini bildirgan.
“Hech kim bu ittifoqqa o‘z manfaatlariga zid ravishda kirishga majburlanmaydi”, degan Pankin suhbat davomida.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi mamlakatning xalqaro maydondagi nufuz va e’tibori oshishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Ayni paytda Pankin, hozircha rasmiy Toshkent YeOIIga qo‘shilish haqida rasmiy ariza bermaganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziëyev 20 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida qilgan chiqishida O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishini bildirgan edi.
LiveBarchasi