Rasmiy Anqara Jamol Qoshiqchining qotillarini Turkiyaga berishni talab qilyapti

Olam

image
Rasmiy London Qoshiqchining o‘ldirilishida qatnashgan 20 kishiga sanksiya joriy qildi north_east

Rasmiy London Qoshiqchining o‘ldirilishida qatnashgan 20 kishiga sanksiya joriy qildi

Kecha, 7 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni sudida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulligi binosida “The Washington Post” gazetasi jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi yuzasidan mahkama bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. 

Qirollik Bosh prokuraturasining rasmiy vakili qotillikda ayblangan sakkiz kishining besh nafariga 20 yil qamoq jazosi tayinlangani, bir kishi o‘n va yana ikki nafar ayblanuvchi yetti yilga qamalganini ma’lum qildi. 

Rasmiy Anqara mazkur qotillik bo‘yicha sudni Saudiya Arabistonida emas, balki Qoshiqchi o‘ldirilgan Istanbulda tashkil etilishi tarafdori hamda Ar-Riyodni jurnalistning qotilligiga aloqadorlarni ekstraditsiya qilishga chaqiradi. Bu haqdagi bayonot bugun, 8 sentyabr kuni Turkiyaning bosh axborot agentligi “Anadolu”da e’lon qilindi. 

Rasmiy Anqara jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar e’tiborini Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha sud ishi Turkiyada davom etayotganiga qaratadi. 

“E’tibor bering, Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonasida yuz bergan qotillik bo‘yicha sud jarayoni Istanbulda davom etmoqda. 

Tergov natijalariga ko‘ra, Turkiya prokuraturasi sudga jurnalistning qotilligiga aloqador 20 kishining ism-shariflari ko‘rsatilgan 117 varaqli ayblov xulosasini topshirgan. Ularning barchasi xalqaro qidiruvda”, deyiladi rasmiy xabarda.  

Joriy yilning 3 iyul kuni Istanbulda Jamol Qoshiqchi jinoyati bo‘yicha birinchi sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoshiqchining qallig‘i Hadicha Chengiz ham ishtirok etib, guvohlik berdi.

2018 yilning 2 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulligiga fuqarolik masalasini hal qilish uchun borgan xalqaro jurnalist Jamol Qoshiqchi binoga kirgancha, qaytib chiqmagan edi. Mazkur voqea butun dunyoni jumbushga keltirdi. Oradan bir yilga yaqin vaqt o‘tib, Qoshiqchi konsulik binosidi o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

O‘tgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida ushbu ish bo‘yicha besh sudlanuvchi o‘limga hukm qilingan, yana uch kishiga jami 24 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi. Ushbu ishda jami 11 kishi jalb etilgan. 25 mart kuni Istanbul prokuraturasi Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilingan 20 kishiga qarshi da’vo arizasini tayyorladi. Unda ularga umrbod qamoq jazosi talab qilingan


Maqola muallifi

Teglar

Jamol Qoshiqchi

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing