Rasman: Tokio-2020 bir yilga qoldirildi

Sport

image

Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida 2020 yilda o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi Olimpiada o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab 1 yilga kechiktirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) raisi Tomas Bax bilan bu borada kelishuvga erishgan.

Joriy yilning 20 mart kuni Olimpiya mash’alasi Gretsiyadan Yaponiyaning shimoli-sharqiy Miyagi prefekturasiga ishonchli tarzda yetkazilgan, estafeta 26 mart kuni Fukusima prefekturasidagi futbol mashg‘ulot markazida boshlanishi kerak edi

Yaponiyada koronavirusga 1151 odam chalindi. 215 bemor shifo topgan bo‘lsa, 41 kishi vafot etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing