O‘zbekistonlik velosportchi xalqaro turnirda kumush medalga ega chiqdi

Sport

image

Italiyada veloshosse bo‘yicha “Trofeo Ponente in Rosa” ko‘pkunlik poygasi nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yanina Kuskova uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Yakunlovchi beshinchi bosqichda Kuskova uchinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu natija orqali sportchi musobaqani umumiy hisobda 2-o‘rinda yakunladi. Yanina bu borada faqatgina mountinbayk yo‘nalishidagi Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni shvetsariyalik Yolanda Neffdan ortda qoldi. 

Shuningdek, Kuskova musobaqaning “Eng yaxshi yosh poygachisi” yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Qo‘shimchasiga, u Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

velosport Tokio-2020

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing