O‘zbekistonlik velosportchilar “Giro d'Italia” poygasida ishtirok etadi
Sport
−
04 iyul 2024 3634 1 daqiqa
Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Italiyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida elita toifasidagi Jahon seriyasiga kiruvchi “Giro d'Italia” ko‘p kunlik musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Jahonning eng nufuzli velopoygalari qatorida turuvchi turnirda ilk bora O‘zbekistonning “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” jamoasi ham ishtirok etadi.
Bu musobaqa o‘zbekistonlik velosportchilar uchun Parij-2024 Olimpiadasi hamda “Tour de France Femmes” ko‘p kunlik poygasi oldidan o‘ziga xos tajriba vazifasini o‘tab beradi.
Jamoa tarkibi:
Olga Zabelinskaya;
Yanina Kuskova;
Margarita Misyurina;
Nafosat Koziyeva;
Madina Qahhorova;
Anna Kuskova;
Mohinabonu Elmurodova.
Ma’lumot uchun, poyga jami 858,7 km masofani o‘z ichiga olgan 8 ta bosqichdan iborat bo‘ladi. 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ilk bosqichda sportchilar Breshiya shahri atrofidagi 15,7 km masofada bahs olib boradi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr