Abdurahmonov MMA'ga qaytmoqda
Sport
−
15 may 2023
4697O‘zbekistonlik erkin kurashchi, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov faoliyatini aralash jang san’ati (MMA)da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “MMAJunkie” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Abdurahmonovning ilk jangi joriy yilning 16 iyun kuni Combat FC ligasida bo‘lib o‘tadi.
Shu vaqtga qadar Abdurahmonov MMA'da jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida zafar quchgan. U oxirgi jangini 2017 yilda qozog‘istonlik Beksultan Kaipnazarga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Abdurahmonov erkin kurash bo‘yicha ikki karra Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, u ikki marta Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan.
LiveBarchasi