Shavkat Rahmonov UFC reytingidan chiqarib tashlandi
Sport
−
04 fevral 18347 1 daqiqa
Qozog‘istonlik aralash jang san’ati (MMA) ustasi Shavkat Rahmonov UFC yarim o‘rta vazn toifasi jangchilari reytingidan chiqarib tashlandi. Bu haqda promouterlik kompaniyasining rasmiy veb-sayti xabar berdi.
Rahmonov yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Mashhur insayder Ariel Xelvanining so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonlik sportchi 9-10 oy davomida oktagonga qayta olmaydi.
Rahmonov oxirgi bor 2024 yil dekabr oyida UFC 310 turniri doirasida irlandiyalik Ien Gerriga qarshi jang o‘tkazib, bir ovozdan hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Shundan buyon u oktagonga chiqmagan. Ta’kidlanishicha, jiddiy jarohatlar sabab Rahmonov mashg‘ulotlardan chetlatilgan.
U avval ushbu vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlik kamariga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan edi.
UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi keskin o‘zgarishlarni aks ettirgan yangilangan reytingida Shavkat Rahmonov kuchli 15 talikdan butunlay chiqarib tashlangan. Mazkur vazn toifasida chempionlik kamari Islom Maxachevga tegishli.
Ma’lumot uchun, 2025 yil dekabr oyida Shavkat Rahmonov UFC yarim o‘rta vazn toifasida ikkinchi eng yuqori reytingga ko‘tarilgan.
Live
Barchasi