MMA jangchisi arenada raqibining qulog‘ini tishlab oldi (video)
Sport
−
17:03 723 1 daqiqa
Slovakiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Pavol Vasko Brno shahrida bo‘lib o‘tgan Clash MMA 15 turniri doirasidagi jang paytida chexiyalik raqibi Vatslav Mikulasekning qulog‘idan tishlab oldi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hodisa joriy yilning 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Clash MMA 15 turniri doirasidagi jang boshlanganidan bir necha soniya o‘tib sodir bo‘lgan. Mojarodan so‘ng arenadagi tomoshabinlar Vaskoga hujum qilgani aytilmoqda. Unga stul uloqtirilgan va u jangchining boshiga tekkan.
Ma’lum qilinishicha, bu ikki sportchi o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv bo‘lgan. 2025 yil dekabr oyida o‘tgan ilk jangda ham Vasko birinchi raunddayoq diskvalifikatsiya qilingandi.
Ma’lumot uchun, Pavol Vasko Bratislava shahridan bo‘lgan 35 yoshli MMA jangchisi. U Slovakiya va Chexiyada o‘tkaziladigan mahalliy promoushen turnirlarida ishtirok etib, og‘ir hamda superog‘ir vazn toifalarida jang qiladi. Quloq tishlash bilan bog‘liq eng mashhur voqealardan biri 1998 yil 28 iyun kuni AQSHda o‘tgan Mayk Tayson — Evander Xolifild jangi hisoblanadi. O‘sha bahsda Tayson raqibining qulog‘ining bir qismini tishlab uzib olgan. Natijada u 3 million dollar jarimaga tortilgan va ma’lum muddatga musobaqalardan chetlatilgan.