Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Rasman: Mahmud Murodovning navbatdagi jangi tasdiqlandi 

Sport

image

Chexiyaning “Oktagon” ligasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini Joilton Peregrino Lutterbaxga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 mart kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida tashkil etilayotgan “Oktagon 68” turniri doirasida o‘rta vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Mahmud Murodov va braziliyalik Joilton Peregrino Lutterbax oktagonga ko‘tariladi. 

Ma’ulmot o‘rnida, Lutterbax faoliyati davomida 49 ta jang o‘tkazgan va shundan 40 ta g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan. Murodov esa 35 ta o‘tkazib, 27 g‘alaba va 8 mag‘lubiyatga ega. O‘zbekistonlik jangchi 2019 yildan 2023 yilgacha MMA olamidagi eng oliy promoushen UFC da faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Oktagon” ligasi chempioni Uill Flyuri Murodov bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Mahmud Murodov Oktagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing