Rasman: Emerik Lyaport “Al-Nasr” futbolchisiga aylandi

Sport

image

“Manchester Siti” himoyachisi Emerik Lyaport Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Riyod klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli futbolchi Saudiya klubi bilan 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnoma imzolagan. Lyaport “Al-Nasr” tarkibida 27-raqamda to‘p suradi.

Jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, mazkur transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi, futbolchining o‘zi esa yiliga 20 million yevro maosh oladi. 

Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachi 2018 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bu muddat ichida Lyaport 180 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va jamoadoshlariga 4 ta golli uzatma yetkazib bergan. 

Eslatib o‘tamiz, bu yozda “Al-Nasr” tarkibiga himoyachi Aleks Telles, yarim himoyachilar Seko Fofana va Marselo Brozovich hamda hujumchilar Otavio va Sadio Mane qo‘shildi. Shuningdek, klub sharafini forvard Krishtianu Ronaldu ham himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Emerik Lyaport Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing