Rasman: Krishtianu Ronaldu – “Al-Nasr” futbolchisi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ronalduning yangi klubidagi maoshi yiliga 75 million dollarni tashkil etadi. Tomonlar 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartmoga imzo chekdi. Krishtianu Saudiya klubida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovga tegishli bo‘lgan 7-raqamda to‘p tepadi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida bitta gol urdi. Uning jamoasi turnirning chorak finaliga chiqdi va Marokash terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Shu bilan birga, Krishtianu beshta Jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchiga aylandi.

Bungacha portugaliyalik futbolchi "Sporting", “Manchester Yunayted”, "Real" va Turinning "Yuventus" klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing