Rasman: Andijon shahri ham yopilyapti

Jamiyat

image
Karantin vaqtida majburiy ijro harakatlari to‘xtatiladimi? north_east

Karantin vaqtida majburiy ijro harakatlari to‘xtatiladimi?

Moskvadan 249 fuqaro qaytarildi. 10 kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi north_east

Moskvadan 249 fuqaro qaytarildi. 10 kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi

Ertaga, 27 mart kuni soat 00:01 dan boshlab, Andijon shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Andijon shahridan Respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida shunday qilindi. Bu bo‘yicha viloyat hokimining tegishli farmoyishi bugun, 26 mart kuni qabul qilingan.

Andijon shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Andijon shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Andijon shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Andijon shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

•    Belgilangan tartibdan boshqa zarurat bo‘lmaganda xarakatlanuvchi transport vositalar qatnovini karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi.

•    tegishli boshqarma, idora va tashkilotlar tomonidan Andijon shahriga kirish va chiqish joylariga vaqtinchalik postlarning faoliyatini tashkil qilish va nazoratni yanada kuchaytirish;

•    shahar hududiga kirish va chiqish joylarini mutaxassislar bilan ta’minlash hamda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash; 

•    Andijon shahriga kirib kelayotgan va chiqayotgan har qanday yuk tashish mashinalari, xodimlar boshqaruvidagi avtomashinalarini majburiy dezinfeksiya qilinishini ta’minlash;

•    shahar hududiga kirish va chiqishga qo‘yilgan cheklovlarga hamda aholining karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishini hamda karantin qoidalarini buzgan shaxslarga o‘z vaqtida qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini ta’minlash;

•    Andijon viloyatida obodonlashtirish va qurilish ishlarida ishlayotgan quruvchilar, ishchilar va muhandislar uchun yotoqxona va zarur shart-sharoitlarni tashkil etish; 

•    tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi, telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli, ikki oy davomida o‘chirilmasligini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

•    Shahar va tumanlardagi dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlariga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, dorixonalarga dori-darmonlar va antiseptik vositalarni olib kirilishida alohida maxsus ruxsatnoma asosida, yuk tashish mashinasi va mahsulotlarni dezinfeksiya qilgan holda kirishi ta’minlanadi.

Avvalroq, Toshkent va Namangan shaharlari koronavirus infeksiyasining tarqalishi sabab yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Andijon koronavirus

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing