Moskvadan 249 fuqaro qaytarildi. 10 kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi

Jamiyat

image
Moskvadan bir kishining o‘ligi keldi. To‘rt kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi north_east

Moskvadan bir kishining o‘ligi keldi. To‘rt kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi

Kecha, 25 mart kuni kechga yaqin Rossiya Federatsiyasidan 604-sonli reys bilan Moskva shahridan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarayotgan reys Buxoroga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot bortida bo‘lgan 249 nafar O‘zbekiston fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan holda karantin tartib-qoidalari asosida kutib olindi. Chet eldan kelganlarning 213 nafari erkak, 36 nafari ayol. Ular orasida voyaga yetmaganlar esa 31 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 7 nafarni tashkil etmoqda.

Fuqarolarning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va o‘zlarini holsiz sezish holatlari kuzatilganligi bois zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazaridan qattiq nazorat o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, qariyb 30 ming kishi karantinga olingan

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing