Moskvadan bir kishining o‘ligi keldi. To‘rt kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi
Jamiyat
−
25 mart 2020
58051Kecha, 24 mart kuni yarim tunda Rossiya Federatsiyasidan 614-sonli reys bilan “Vnukovo - Buxoro” yo‘nalishida uchgan aviareys qo‘ngan. Samolyot bortida 266 nafar O‘zbekiston fuqarosi favqulodda holatdan kelib chiqqan tartib-qoidalar asosida kutib olingan.
Ularning 202 nafari erkak, 64 nafari ayol va 11 nafari voyaga yetmaganlar. Yo‘lovchilarning 7 nafari nafaqa yoshidagilardan iborat bo‘lsa, ularning 4 nafari chet davlatdan deport qilinganlardir. Ularning orasida Buxoro, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan fuqarolar bor.
Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin me’yorlariga muvofiq qarshi olingan yo‘lovchilar orasidan tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat o‘rnatilgan.
Afsuski, aviabortda Vobkent tumanida istiqomat qilgan bir nafar fuqaroning jasadi ham qabul qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federatsiyasiga qatnab, ishlab yurgan bu fuqaro insult kasalligi natijasida chet elda vafot etgan.
LiveBarchasi