Karantin vaqtida majburiy ijro harakatlari to‘xtatiladimi?

Jamiyat

image
Moskvadan 249 fuqaro qaytarildi. 10 kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi north_east

Moskvadan 249 fuqaro qaytarildi. 10 kishi aeroportdan shifoxonaga olib ketildi

O‘zbekistonda joriy yilning 16 martidan karantin rejimi o‘rnatildi. Shu sababdan ko‘plab muassasalar vaqtincha yopildi. Ho‘sh, karantin davrida majburiy ijro harakatlari ham to‘xtatiladimi? Yoki qay tartibda amaga oshiriladi? Ayni shu masalaga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov oydinlik kiritdi.

“Bugungi karantin davrida davlat ijrochilariga quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llanishini hamda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishini keyinga qoldirish tavsiya etilmoqda.

Ya’ni:

•    undiruvni turar joylardagi (yashash xonadonidagi) mol-mulkiga qaratish, shu maqsadda ularni xatlash va olib qo‘yish;

•    ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdor jismoniy shaxsdan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish;

•    qarzdorni ko‘chirib chiqarish;

•    undiruvchini ko‘chirib kiritish;

•    yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish;

•    imorat (qurilma) ni buzib tashlash;

•    bolani olib berish va topshirish.

Davlat ijrochilariga yuqoridagi ijro harakatlarini faqat kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, hududiy boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi tushuntirilmoqda”, dedi Haydarov.

Majburiy ijro byurosi xodimlari to‘lov madaniyati va ijro intizomiga rioya etuvchi va asosiysi qarzdor bo‘lmagan fuqarolarni bezovta qilmaydi. Bu jarayonda fuqarolarimiz foydalanilgan elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘lar ekan degan noto‘g‘ri fikrni uyg‘otmasligi lozim, deb qo‘shimcha qildi MIB mas’uli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

MIB koronavirus

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing