MIB xodimi 300 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida uch yuz mln so‘mdan ortiq mablag‘ni tanishlarining hisob raqamiga o‘tkazib bergan MIB xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati Kogon tuman bo‘limi mutaxassisi bo‘limning hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘z muddatida, tegishliligiga ko‘ra to‘g‘ri yo‘naltirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lsada, lekin hisob raqamlardagi 321 mln 79 ming so‘m pul mablag‘ini o‘ziga tanish bo‘lgan 4 nafar fuqaroning plastik kartalariga o‘tkazish orqali naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

“Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 milliard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB talon-toroj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing