Namanganda mulozimlar 1,3 mlrd so‘mni “jig‘ildoniga urdi”

3-sahifa

−

image

Namangan viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 1,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Mehnatobod” va “Dehqonobod” MFY hududlaridagi xonadonlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, mazkur MTTlar faoliyat yuritmasa-da, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgan. Ular 1,3 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida soliq inspeksiyasining uch nafar xodimi 97 nafar soliq to‘lovchidan 122,6 mln so‘mni olib, o‘zlashtirgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing