7 ta hududda qariyb 2,5 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
09:44 253 2 daqiqa
Sirdaryo, Toshkent, Namangan va boshqa hududlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda qariyb 2,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan “S. U.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Sindorobod” va “Xalqobod” SIU hududlaridagi yer maydonlarida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Davlatobod tumanida “S. G.” MCHJ rahbari savdo kompleksida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 558,6 million so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida esa “G. B.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar Beruniy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida noqonuniy ulanib, 272,6 million so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.
Bundan tashqari, Farg‘onaning viloyati O‘zbekiston tumanidagi “T. M.” fermer xo‘jaligi mas’ullari suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 217,8 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani ma’lum bo‘lgan.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro I. N. baliqchilik xo‘jaligida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 112 million so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida “P. M.” MCHJ mas’ul shaxslari g‘isht ishlab chiqarish zavodida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 103,6 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlangan.
Namangan shahrida esa fuqaro M. Yu. “Shodlik” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida noqonuniy ulanib, 100,1 million so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani fosh etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlangandi.
Live
Barchasi