Farğona vodiysiga elektr uzatuvçi tarmoqda avariya sodir böldi
O‘zbekiston
−
12:51 747 2 daqiqa
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib beruvçi 500 kV kuçlanişli “L-503” elektr uzatiş tarmoğida avariyaviy uziliş sodir böldi. Tarmoqning Tojikiston hududidan ötuvçi qismida noqulay ob-havo sababli tayançlardan biri qulagan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, hodisa bugun, 19 noyabr kuni soat 06:19 da qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarda aytilişiça, murakkab relefli adirlik hududda joylaşgan elektr uzatiş tarmoği tayançlaridan biri noqulay ob-havo ta’sirida qulagan.
Şundan söng, avtomatik himoya tizimi işga tuşgan va uşbu tarmoq orqali elektr energiyasi uzatilişi vaqtinça töxtatilgan. Oqibatda ayrim iste’molçilar elektr ta’minotida uzilişlarga duç kelgan.
Hozirda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati boşçiligidagi mutaxassislar va avariya-tiklaş brigadalari hodisa joyiga safarbar qilingan.
Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda avariya oqibatlarini bartaraf etiş hamda elektr uzatiş tarmoği faoliyatini tiklaş işlari olib borilmoqda. Ta’mirlaş-tiklaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etiladi.
Ma’lum qilinişiça, Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi boşqa tarmoqlar orqali ham yetkazib beriladi. Xususan, Farğona viloyatiga Toşkent viloyatidagi “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasidan çiquvçi 500 kV kuçlanişli “L-524” elektr uzatiş tarmoği orqali ham elektr energiyasi uzatiladi.
“Vaziyat Energetika vazirligining doimiy nazoratida. Elektr ta’minotidagi uzilişlarni imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etiş va iste’molçilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaş uçun barça zarur çoralar körilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tiklaş işlarining borişi va elektr ta’minotidagi özgarişlar haqida qöşimça axborot berib boriladi. Vazirlik yuzaga kelgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söragan.
Live
Barchasi